«Xodunok» zararmi?

14:16, 13 yanvar

Bola sog`lig`i va rivojlanishi uning harakatiga bog`liq. Lekin onaning har doim ham bunga vaqti va kuchi bo`lavermaydi, qolaversa bola ona qo`lida yurishni o`rganishga intilmaydi. Ana shunday paytda yurishga o`rgatuvchi aravachalar єo`l keladi.

Ijobiy tomonlari

1.     Ko`pincha yosh ona bolaga qarash, uy ishlari va oilaning boshqa a`zolariga e`tibor ko`rsataman deb charchab єoladi. Bu esa stress holatiga tushib qolishga va laktasiyaning yomonlashuviga olib kelishi mumkin. Bolalar aravachalari esa qo`llaringizni bo`shatib, bolani kuzatgan va u bilan gaplashib turgan holda boshqa ishlaringizni qila olishingizga imkon yaratadi.

2.     Bunday aravachalar bolalarga zavq bag`ishlaydi.

3.     Aravachada bola har hil harakatlarni amalga oshira oladi: turadi, qimirlaydi, yon-atrofga qaraydi va yurishga harakat єiladi.

4.     Bola intelekti rivojlanadi. Kichkintoy endi vertikal holatda turib, avvallari ko`rolmagan narsalarini endi bemalol tomosha єila oladi.  Bu jarayon ko`proє ma`lumot olishiga ko`maklashadi.

5.     Faol harakatlar va ijobiy his-tuyg`ular butun bola tanasiga yaxshi ta`sir ko`rsatadi.

Salbiy tomonlari

7.     Aravachada uzoq vaqt o`tkazish, hali  suyagi qotmagan bola oyoqlariga zarar keltirib ularning deformasiyasiga olib keladi, umurtqa pog`onasida esa qiyshayish holatlari kuzatiladi.

8.     Aravacha uy jixozlari va eshiklar orasida tiqilib qolishi mumkin, shunda bola asabiylashadi va sizni ko`makka chaqira boshlaydi.

9.     Bolakayni aravachaga taxminan 6 oylikdan keyin, faqatgina o`zi mustaqil o`tirishni boshlaganida  o`tqazing. Bolaning qovuq qismida yaralar va qizarishlar, raxit alomati, oyoq tonusi yuqori yoki past bo`lsa, tobi bo`lmasa yoki kayfiyati yo`q bo`lsa, aslo aravachaga o`tqaza ko`rmang. Shuningdek, aravachaga o`tqazishdan oldin, tovonini to`g`ri qo`yishi uchun, albatta, oyoq kiyim kiydiring. Avval 3 daqiqadan boshlang va bora-bora vaqtni ko`paytirib boring, maksimal vaqt 40 daqiqa. Bir kunda 2 marta 40 daqiqadan o`tirishi kifoya.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!