Antonio Konte qatorasiga 3-marta APLda oyning eng yaxshi murabbiyi bo`ldi

16:43, 13 yanvar

«Chelsi» klubi bosh murabbiyi Antonio Konte ketma-ket uchinchi bor Premer-ligada oyning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.

Italiyalik mutaxassis sovrinni ketma-ket uch bor qo`lga kiritgan ilk murabbiy bo`ldi. Dekabr oyida Antonio Konte boshchiligidagi «Chelsi» ketma-ket olti uchrashuvda g`alaba qozondi.

Londonlilar «Manchester Siti» (3:1), «Vest Bromvich» (1:0), «Sanderlend» (1:0), «Kristal Pelas» (1:0), «Bornmut» (3:0) va «Stok Siti» (4:2) klublarini mag`lubiyatga uchratdilar.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!