Shoira Tursunoy Sodiqova vafot etdi

11:24, 14 yanvar

Shoira va yozuvchi Tursunoy Sodiqova vafot etdi. Bu haqda teleboshlovchi Tolibjon Isroilov o`zining Facebook`dagi sahifasida ma`lum qildi.

“Kalomi go`zal , suxani-so`zi mazali, hayot saboqlaridan dars berguvchi muallima , o`tkir zehnli,ziyrak, farosatli voiz , misralari ohangli shoiramiz, bulbul shoiramiz Tursunoy Sodiqova olamdan o`tibdi. Ovozi quloqlarimizda qoldi”,—deb yozadi Tolibjon Isroilov.

“Darakchi.uz” tahririyati nomidan marhumanin goila a`zolariga chuqur hamdardlik bildiramiz.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!