2016 yilda 5200 nafar o`zbekistonlik Haj ibodatini ado etadi

11:19, 08 fevral 2016

Joriy yilning 4 fevral kuni O`zbekiston Respublikasining Haj delegasiyasi Saudiya Arabistoni Podshohligi Haj vaziri Bandar Hajjor bilan uchrashdi, deb xabar beradi Din ishlari bo`yicha qo`mita rasmiy sayti.

Uchrashuvda o`tgan yilgi Haj mavsumi natijalari va kelasi Haj mavsumidagi o`zaro vazifalar belgilab olindi.
Doktor Bandar Hajjor O`zbekiston hojilariga safar oldidan vatanlarida Haj ibodatlari va tashkiliy masalalar bo`yicha mashg`ulotlar o`tilishi, guruh rahbarlari, ishchi guruhi va tibbiyot xodimlari Haj mavsumini chiroyli o`tishiga sabab bo`layotganini bildirdi. Buning uchun O`zbekiston delegasiyasiga tashakkur izhor qildi. Doktor Bandar Hajjor o`zbekistonlik hojilarning er yuzidan keladigan hojilar ichida namunali ziyoratchilardan ekanligini ta`kidladi. 
Kelasi Haj mavsumiga tomonlar O`zbekiston hojilariga ko`rsatiladigan xizmatlarni bundanda chiroyli va namunali bo`lishiga ko`riladigan choralarni belgilab oldi.
O`zbekiston tomonidan uchrashuvda shuningdek, Haj va umra ishlari bo`yicha attashe Zafar Abdullaev xamda “O`zbekiston havo yo`llari” Milliy aviakompaniyasining Saudiya Arabistonidagi vakili Muxtor Xaitov ishtirok etdi.
Saudiya tomonidan uchrashuvda Haj vazirligi boshqarma boshliqlari, Tashqi va ichki ishlar vazirliklari vakillari ishtirok etishdi.
Kelasi mavsumda O`zbekistondan 5200 kishi Haj ibodatini ado etishlariga kelishib olindi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!



Гость 20:51, 12 may 2016
qancha pul miqtori kerak haj safari uchun