2015 yilning eng omadli qo`shiqchisi e`lon qilindi

16:20, 08 fevral 2016

Xalqaro gramyozuvlar federasiyasi(IFPI) butun dunyoda ijod qilayotgan san`atkorlar orasidan eng omadlisini tanlash bo`yicha tadqiqot o`tkazdi. Unga ko`ra, britaniyalik xonanda Adel 2015 yilning eng omadli qo`iqchisi, deya tan olindi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.

Ma`lumotlarga ko`ra, Adelning o`tgan yili noyabr oyida yaratilgan “25” albomi va “Hello” qo`shig`i  boshqa xonandalarning disklaridan ko`ra ko`proq miqdorda sotilgan va dunyo bo`yicha katta rekord o`rnatgan.

Ikkinchi o`rinni esa Adelniing hamyurti Ed Shiran egalladi. Uchinchi o`rindan 2014 yilning “Eng omadli qo`shiqchisi” Teylor Svift o`rin olgan.

2015 yilning eng omadli san`atkorlari ro`yxatiga shuningdek, kanadalik pop-ijrochi Jastin Biber va Britaniyaning One Direction guruhi ham kiritilgan.

Yanvar oyida Adelning Hello qo`shig`iga ishlangan klip Gangnam Style klipining rekordini yangilagan edi. U 88 kun ichida milliard marta ko`rildi. Janubiy Koreyalik xonanda PSY`ning Gangnam Style klipi esa bunday natijaga 159 kun ichida erishgan edi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!