Turkiya: Egey dengizida 30 dan ortiq muhojirlar cho`kib ketdi

09:56, 09 fevral 2016

Egey dengizining Turkiyadagi sohillarida qayiq halokatga uchrashi oqibatida kamida 27 nafar qochoqlar cho`kib ketdi, deb xabar beradi “Evronews”.

Ko`ngilsiz hodisa Turkiyaning Balikesir provinsiyasi to`g`risidagi hududda ro`y bergan. Halok bo`lganlar orasida 11 nafar yosh bola ham mavjud. Yana 9 nafar kishini qidirish ishlari davom etmoqda.

Avvalroq Turkiya g`arbidagi Izmir shahri sohillarida ham qochoqlar kemasi halokatga uchragan edi. O`shanda 11 kishi cho`kib ketgan, uch kishi qutqarilgan edi.  Joriy yil boshidan beri Turkiyadan Gresiyaga qochib o`tmoqchi bo`lgan 400 ga yaqin muhojir halok bo`lgan. O`tgan 2015 yilda esa turk dengizchilari 91 ming qochoqni qutqarishga muvafaq bo`lgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!