Andijon ko`chalarida nur qaytaradigan piyodalar o`tish joyi paydo bo`ldi(Foto)

13:49, 09 fevral 2016

Piyodalar o`tish joyining nur qaytargichli ko`rinishi qorong`ulikda ham piyodalar xavfsizligini ta`minlaydi.

Facebook ijtimoiy tarmog`ining “Voditeli Tashkenta” guruhi a`zolaridan biri Andijon shahrida faoliyati yo`lgan qo`yilgan yangi turdagi piyodalar o`tish joyining suratini ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari bilan bo`lishdi.

Suratda piyodalar o`tish joyining sariq rangda ekanligi va u nur qaytarish xususiyatiga ega ekanligini ko`rish mumkin.

Izohlarda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining aksariyati piyodalar o`tish joyining yangicha ko`rinishiga ijobiy baho bergan.

“Bu ishni avvalroq qilish kerak edi”, —deyiladi izohlardan birida.

 

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!