Aktyor Murod Rajabov hayotida ro`y bergan g`aroyibot haqida so`zlab berdi

15:18, 09 fevral 2016

“Darakchi” muxbiri bilan suhbatda aktyor Murod Rajabov taqdirga ishonish ishonmasligi haqida gapirdi.

“Men taqdirga ishonaman. O`ylashimcha, Olloh o`z maqsadiga qiyinchilik bilan erishgan insonni qo`llaydi. Bundan bir necha yil ilgari hayotimda g`ayritabiiy voqea sodir bo`lgan. O`shanda Farg`ona viloyatidagi gastrol safaridan qaytayotgan edik. Yarim tun. Atrof qop-qorong`u. Avtobus haydovchisidan bir muddatga to`xtashini so`radim. Uzoq muddat o`tirganimdan oyoqlarim uvushib qolgan edi. Bir payt uzoqdan menga qarab turgan soch-soqoli oppoq, hassali cholni ko`rib qoldim.  U qo`llarini tez-tez qimirlatib, meni ortga qaytishga undardi. Men shu darajada qo`rqib ketdimki, tezda avtobusga chiqib, haydovchidan tezroq bu erdan ketishni so`radim. Ertasi kuni esa radio orqali kecha biz to`xtagan joyda kuchli sel kelishi yuz berganini eshitdim. Bu voqeadan keyin mistikaga ishonmay bo`ladimi?” — deydi aktyor.

 

 

   

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!



Гость 13:52, 10 fevral 2016
Da bo'liwi mumkin