Damashqda portlash: qurbonlar bor

06:13, 10 fevral 2016

Suriya poytaxti Damashqda ikkita portlash sodir etildi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Euronews xabar berishicha, birinchi portlash polisiyachilarning klubida, yana biri bozor yaqinida ro`y bergan.

Hodisa oqibatida sakkiz nafar polisiyachi halok bo`lgan, 20 kishi jarohat olgan.

Teraktlar uchun javobgarlikni IShID o`z zimmasiga olmoqda.

 

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!