Qoraqalpog`istonda uch egizak tug`ildi: bir o`g`il va ikki qiz

07:38, 10 fevral 2016

Qoraqalpog`iston Respublikasi Amudaryo tumanida yashovchi Baxit Ketebaev va Gulasal Nuratdinovaning oilasida bir yo`la uch farzand dunyoga keldi, deb xabar beradi O`zA.

Onaning ham, bir o`g`il va ikki qizning ham ahvoli yaxshi. Ularning salomatligi Amudaryo tumani tibbiyot birlashmasi shifokorlari nazoratida.

Xabarda egizaklarga qanday ism berilgani ma`lum qilinmagan.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!