Xitoyda Zika virusi yuqtirilgan ilk holat qayd etildi

09:56, 10 fevral 2016

Sinxua agentligi xabariga ko`ra, Xitoyda ilk bor Zika bezgagi bilan kasallanish holati qayd etilgan.

Ayni damda bemorning ahvoli yaxshilanmoqda. Szyansi provinsiyasining 34 yoshli fuqarosi Venesuelada bo`lib, u erda 28 yanvar kuni isitmasi ko`tarilgan, boshi og`rib, aylanishi kuzatilgan. 5 fevral kuni u Vataniga qaytgach kasallik aniqlanib, bemor karantinga joylangan.

Ma`lmotlarga kura, mamlakatda juda sovuq havo hukmron bo`lganligi sababli ushbu virusning tarqalish xavfi juda past.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!