Tayvandagi zilzila qurbonlari soni 55 nafarga etdi

09:40, 11 fevral 2016

Tayvanda yuz bergan zilzila qurbonlari soni 55 nafarga etdi, deb xabar beradi “Lenta.ru”.

Bundan tashqari, 80 kishining taqdiri noma`lumligicha qolmoqda.

53 kishining tanasi Taynan shahridagi 17 qavatli bino xarobalari tagidan topilgan. Ayni paytda qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.

17 qavatli binoni qurgan tashkilot Golden Dragon Building kompaniyasi vakillari ehtiyotsizlik oqibatida insоnlar o`limiga sababchi bo`lgani uchun hibsga olingan.  

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, 17 qavatli bino sifatsiz xomashyodan barpo etilgani uchun buzilib ketgan.

Eslatib o`tamiz, 6 fevral kuni Tayvanda 6,4 magnitudali zilzila qayd etilgan edi.

 

 

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!