Misrda yo`lovchi poezdi ag`darilib ketdi (Video)

10:42, 11 fevral 2016

Misrning Beni-Sueyf provinsiyasida yo`lovchi poezdi relsidan chiqib,ikki vagoni ag`darilib ketdi. Bu haqda “Lenta.ru”.

Asuan shahridan Qohiraga otlangan poezd yo`lda sement blokiga to`qnashib ketgan.

Ko`ngilsiz hodisa oqibatida kamida 61 kishi jabrlangan. Ulardan 37 kishi shifoxonaga joylashtirilgan.

Voqea joyida qutqaruvchilar guruhi, huquq-tartibot organlari xodimlari ish olib bormoqda.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!