Garri Potter haqidagi navbatdagi

14:32, 11 fevral 2016

“Garri Potter va la`natlangan bola” nomli sakkizinchi kitob 2016 yilning 31 iyulida nashrdan chiqadi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.

Kitob Londonning Palace teatri sahnasida qo`yiladigan “Garri Potter va lan`atlangan bola” spektakli premerasining ertasiga sotuvga chiqariladi. Bu pesani Jek Torn asar ijodkori Joan Rouling bilan hamkorlikda yozgan. “Lan`atlangan bola” yosh sehrgar haqida yozilgan rasman sakkizinchi kitobdir. Spektaklning qisqacha mazmuni quyidagicha: Garri Potter uch farzandning otasi, Sehr-jodu vazirligining xodimi lavozimida xizmat qiladi. U kerakli joyda bo`lishdan bosh tortib, o`tmish bilan kurashadi. Garrining kenja o`g`li Albus oilaviy meros yuki ostida qoladi. O`tmish va kelajak aralashib ketadi. Shunda ota va o`g`il g`alati haqiqatning tagiga etishadi. Zulmat kutilmagan tomondan bostirib kelishi ham mumkinligini anglashadi. 1998 yildan 2007 yilgacha yosh sehrgar Garri Potter haqida ettita kitob dunyo yuzini ko`rgan.

 

Joan Roulingning bu romani 77 tilga tarjima qilingan bo`lib, 450 million nusxada chop etilgan. Barcha kitoblar ekranlashtirilgan, filmdagi bosh rollarni Deniel Redkliff, Rupert Grint va Emma Uotsonlar ijro etishgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!