Germaniyada Berlinale kinofestivali start oldi

06:23, 12 fevral 2016

Xalqaro Berlinale (Berlinale) kinofestivali 66-marta o`z ishini boshladi.

Bu safar sahnadagi asosiy so`zlar qochoqlarga ko`rsatilishi kerak bo`lgan yordamlar haqida bo`ldi. Berlinale — bu 2016 yilda Germaniyada bo`lib o`tishi kerak bo`lgan eng muhim madaniy tadbirlardan sanaladi.

Bu safar festivalga Jordj Kluni, Tilda Suinton, Meril Strip, aka-uka Joel va Itan Koenlar tashrif buyurdi. Festival yangi “Yashasin Sezar!” (Hail, Caesar!) komediyasi bilan ochildi.

Festival 21 fevralga qadar davom etadi, asosiy tanlov dasturiga 23 ta film kirgan, ammo oltin va kumush medallar uchun 18 kinokartina da`vogarlik qiladi, qolganlari tanlovdan tashqari. 23 filmdan 19 tasi jahon premeralari.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!