Dunyo prezidentlarining eng go`zal rafiqalari

10:51, 12 fevral 2016

Bu ayollar hamma narsada birinchi. Davlat va jamoat ishlarida, go`zallik va nafosatda. Umuman olganda, ularning maqtansa arzigulik fazilatlari talaygina. Quyida keltirilayotgan ma`lumotlardan ham buni sezish qiyin emas.

  ​

Mehribon Alieva. Ozarbayjon prezidenti Ilhom Alievning rafiqasi. Deputat, ozarbayjon-fransuz parlamentlararo aloqalari bo`yicha ishchi guruhining rahbari, Haydar Aliev Fondi va Ozarbayjon madaniyati do`stlari Fondi, shuningdek Ozarbayjon gimnastika federasiyasi prezidenti, YuNESKO, BMT kabi tashkilotlarning ko`ngilli elchisi. Ozarbayjonning “birinchi xonim”i nafaqat go`zal ayol, balki namunali davlat va jamoat arbobi hamdir.

Asma Asad. Suriya Prezidenti Bashar Asadning rafiqasi.  Uning asab tizimini po`latdan desak, mubolag`a bo`lmaydi. 4,5 yildan beri muttasil notinchliklar va urush girdobida yashayotgan prezidentning rafiqasi biron marta ham tug`ilib o`sgan vatani London shahriga qochib ketishni o`ylamadi.  Aksincha, Asma Suriyada faol pozisiyani egalladi.  Asma nafaqat erining barcha rasmiy tashriflarida sodiq hamrohi, balki Suriyadagi maktab va shifoxonalarda o`tkaziladigan hayriya tadbirlarining tashabbuskori hamdir.  Asma, shuningdek, yaxshi notiq sifatida ham nom qozongan. bir kuni u eri tarafiga aytilgan tanqidga javoban “Oilamizda bitta diktator bor, u ham bo`lsa menman!” degan edi.

Anxelika Rivera. Anxelika Meksikaning “Shunchaki Mariya” va “Uy bekasi”teleseriallari orqali mashhur bo`lgan. Bu ayolning sobiq sevgilisi, prodyuser Xose Alberto Kastro Anxelika bilan 14 yil munosabatlari davomida, unga uylanishni xayoliga ham keltirmadi.  Bu orada u Mexiko shtati gubernatori Enrike Penya Neto bilan tanishadi. Ular tanishganidan besh oy o`tgach, gubernator Anxelikaning qo`lini so`radi. Shunday qilib, oradan ikki yil o`tgach, Anxelika Meksika malikasiga aylandi.  Anxelika o`zi rol ijro etgan teleseriallaridagi kabi, haqiqiy baxtga erishdi.

Xuliana Avada. Argentina prezidentining rafiqasi. Prezident Maurisio Makri prezientlik maoshidan ko`ngilli ravishda voz kechgani bilangina emas, balki go`zal rafiqasi bilan ham maqtana oladi. Aksincha bo`lishi mumkin emas, axir Xuliana nafaqat go`zal ayol, balki muvaffaqiyatli tadbirkor hamdir.  Unga ota-onasidan yirik tekstil biznesi meros qolgan. 2015 yilda Vogue jurnali Xuliannani eng didli kiyinadigan ayollar ro`yxatiga kiritdi.

 

Silviya Bongo Ondimba. Gabon Respublikasi prezidenti Ali ben Bongo Ondimbaning rafiqasi.  U Valentino va  Chanel brendi kiyimlarini yoqtiradi. Ammo Markaziy Afrikadagi eng badavlat davlatlardan birining g`aznasi malikaga bundan ham ko`prog`ini bera oladi. Silviya For the Family nomli fond tashkil etgan. Mazkur fond kambag`al oilalarga ko`mak berish bilan shug`ullanadi.

Manba: tatler.ru

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!