Mavluda Asalxo`jaeva Gulsanam Mamazoitovani tanqid qilganlarga nisbatan fikr bildirdi

12:25, 12 fevral 2016

Xonanda Mavluda Asalxo`jaeva o`zi haqidagi “To`yning qo`shig`ini kuylaydi” degan fikrlarga javoban “Shaxsan o`zim odamlardan bunday tanqidlarni eshitmaganman. To`g`ri, bir vaqtlar mana bu qo`shiqni bekor kuylabsiz deyishganda xatomni tan olgan paytlarim ham bo`lgan.

Bizda san`atkorlar to`y va tadbirlarning ortidan pul topadi. Konsertlarga talab u qadar katta emas. Yiliga 10-15 kunlab konsert qo`ygan xonandalarimiz ham to`yga borishadi. Chunki daromadni shundan topamiz”, deya javob berdi. Bu haqda u “Qalampir.uz” nashriga bergan intervyusida aytib o`tdi.

Shuningdek, u xonanda Gulsanam Mamazoitovani tanqid qilganlarga quyidagicha fikr bildirdi:

“Nega yoshlar o`zbekcha qo`shiqlarni eshitmayapti deyish, birovni tanqid qilishdan oson ish yo`q. Kim xato qilmaydi, kimda kamchilik yo`q? Gulsanam Mamazoitova haqida ham juda nojo`ya tanqidlarni eshitdim. Agar uning ijodi ham tanqid qilingan bo`lsa, qolganlarga nima deyish kerak, hayronman. Gulsanamning nimasi yomon? Madaniyatli, odob-axloqi joyida, tarbiyali qiz. O`zbekistonning san`atini dunyoga olib chiqayotgan bo`lsa, bundan ortiq yana nima qilsin? Mana 5 kun jonli ijroda konsert beryapti. Kamchiligini boshqalarning yonida aytib izza qilmasdan, yuziga aytish kerak. O`sha tiliga erk berayotganlar hadeb yoshlarni yomonlagandan ko`ra, ijod qilib, o`zini ko`rsatsin, o`rnak bo`lsin”

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!



Гость 09:58, 07 aprel 2016
мавлуда опа сизни жуда хурмат киламан сиз тошкентда узок вакт яшаб лекин шевасини узгартирмаган ягона санаткорсиз камтарин инсонсиз гапингиз тугри лекин гулсанам маданиятли тарбияли киз булганида бошкача жавоб берган буларди мазах килмасдан жуда хунук иш килди