Xarrison Fordning oyog`i singanligi tufayli “Yulduzlar jangi” filmi ijodkorlari jazoga tortildi

15:16, 12 fevral 2016

Britaniya sog`liqni saqlash va ishlab chiqarish xavfsizligi inspeksiyasi “Yulduzlar jangi: Kuchlarning uyg`onishi” filmi yaratuvchisi Foodles Production kompaniyasini Xarrison Fordning 2014 yilda s`yomka jarayonlarida oyog`ini sindirib olgani uchun sudga berdi, deya xabar beradi "Lenta.ru".

2014 yilning 12 iyunida Londondagi s`yomka jarayonida og`ir gidravlik kosmik kemaning dekorasiyasi Xarrison Fordning ustiga tushib, uning oyog`ini sindirgan. Aktyorning olgan tan jarohati tufayli film s`yomkasi bir necha oy orqaga surilgan. 

“Qonun bo`yicha ish beruvchi ishchining ish joyida xavfsizligini ta`minlash uchun barcha chora-tadbirlarni ko`rishi lozim. Bu fabrika sexida ishlayotgan ishchiga ham, s`yomka maydonchasida rol o`ynayotgan aktyorga ham birdek tegishli.

Surishtiruv ishlaridan keyin qo`limizda to`plangan ma`lumotlar bilan sudga murojaat qilishni lozim topdik”, — dedi inspeksiya vakili. Sud 2016 yilning 12 mayida bo`lib o`tadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!