O`zbekiston benzin narxi arzon mamlakatlar reytingida 50-o`rinni band etdi

15:55, 12 fevral 2016

Global Petrol Prices nashri tomonidan tuzilgan benzin narxi eng past mamlakatlar reytingida O`zbekiston 50-o`rinda qayd etildi, deb xabar beradi “Uz24.uz”.

Global Petrol Prices nashri benzin narxi eng arzon bo`lgan 181 davlat reytingini tuzdi. Unda O`zbekiston 50-o`rindan joy oldi, 1 litr benzinning narxi 0,86 dollarga teng.
Markaziy Osiyo davlatlari orasida O`zbekiston 5-o`rinni band etdi. Qozog`iston (8-o`rin, 0,38 doll./litr), Qirg`iziston (18-o`rin, 0,49 doll./litr) va Tojikiston (43-o`rin, 0,74 doll./litr).
Dunyo bo`yicha eng arzon yonilg`i Venesuellada — 1 litr benzinning narxi bor-yo`g`i 2 sentga teng. Rossiya ushbu reytingda 15-o`rinni band etdi (0,46 doll./litr).
Mamlakatlar orasida benzinning o`rtacha naxi 1 litr uchun 0,96 dollarni tashkil etdi. Tadqiqot natijalariga ko`ra, rivojlangan davlatlarda yonilg`i narxi ancha yuqori, qoloq davlatlar esa neftni arzon narxlarda eksport qiladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!