Dam olish kunini ko`chirish to`g`risida Prezident qarori imzolandi

19:03, 12 fevral 2016

2016 yil 5 mart shanba dam olish kunini 2016 yil 7 mart dushanba kuniga ko`chirish to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori imzolandi.

Xalqaro xotin-qizlar kunini nishonlash munosabati bilan hamda aholining dam olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va ish vaqtidan oqilona foydalanish maqsadida 2016 yil 5 mart shanba dam olish kuni 2016 yil 7 mart dushanba kuniga ko`chirildi.

2016 yil 5 mart shanba kuni ish kuni deb e`lon qilindi.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!