Rasman: Nobiometrik pasport O`zbekistonga qaytish hujjati sifatida ishlatilishi mumkin

20:02, 12 fevral 2016

O`zbekiston Respublikasining vakolatli idoralari qaroriga muvofiq O`zbekiston Respublikasi fuqarosining nobiometrik pasporti amal qilish muddati tugamagan bo`lsa pasport egasi tomonidan faqat O`zbekiston Respublikasiga qaytish hujjati sifatida ishlatilishi mumkin, bu haqda O`zR TIV matbuot xizmati xabar beradi

Ushbu pasport O`zbekistonga qaytayotganda uchinchi davlat hududidan tranzit o`tishga ham ishlatilishi mumkin.

Mazkur ma`lumot xorijiy davlatlarga etkazildi.

Ushbu tartib xorijiy mamlakatlarning tegishli idoralari tomonidan o`zlarining joylardagi bo`limlariga etkazilganidan so`ng 2018 yilning 1 iyuliga qadar amal qiladi.

O`zbekiston Respublikasi fuqarolari O`zbekiston Respublikasidan xorijga chiqishlari uchun biometrik pasport talab qilinadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!