Ishga kirishdan oldin tibbiy ko`rikdan o`tish shartmi?

11:38, 13 fevral 2016

«O`g`lim 17 yoshda. Kasb-hunar kollejida o`qiydi. Ayni paytda ishga kirmoqchi bo`shlib yuribdi. Kadrlar bo`limida ishga olishdan avval tibbiy ko`rikdan o`tish kerakligini aytishdi. Shu qonuniymi?»

Z. Maxmudova,Toshkent sh.

O`zbekiston Kasaba uyushmalari federeasiyalari kengashi yurist-konsulti Sarvar Mamadiev javob beradi:

- Ha, bu o`rinda kadrlar bo`limi mutaxassisi to`g`ri yo`l tutgan. O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 214 moddasiga ko`ra, ish beruvchi mehnat shartnomasi tuzish chog`ida dastlabki tarzda va keyinchalik (ish davomida) vaqti-vaqti bilan quyidagi xodimlarni tibbiy ko`rikdan o`tkazishni tashkil qilishi shart:
o`n sakkiz yoshga to`lmaganlar;

  • oltmish yoshga to`lgan erkaklar, ellik besh yoshga to`lgan ayollar;
  • nogironlar;
  • mehnat sharoiti noqulay ishlarda, tungi ishlarda, shuningdek transport harakati bilan bog`liq ishlarda band bo`lganlar;
  • oziq-ovqat sanoatida, savdo va bevosita aholiga xizmat ko`rsatish bilan bog`liq bo`lgan boshqa tarmoqlardagi ishlarda band bo`lganlar;
  • umumta`lim maktablari, maktabgacha tarbiya va boshqa muassasalarning bevosita bolalarga ta`lim yoki tarbiya berish bilan mashg`ul bo`lgan pedagog va boshqa xodimlari.
     

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!