Ozodbekda nega xit yo`q?!

12:34, 13 fevral 2016

Aprelda o`n kunlik konsertini taqdim etishni niyat qilgan xalq artisti Ozodbek Nazarbekovdan negadir bu yil xit qo`shiq taqdim etilmayotgani muxlislarini havotirga solmoqda. Bunga oydinlik kiritish maqsadida u bilan bog`landik...

- Konsertga oz vaqt qoldi. Ammo, hali konsertni “yukini” bosadigan xitdan darak yo`q?

- Nega?! Navbati bilan yangi qo`shiqlarni xit bo`lishi uchun muxlislarga tortiq etyapmiz-ku! “Ketsa ketar” nomli qo`shiq va Alisher Navoiy g`azali bilan aytiladigan “Yurak sanchar”ni radiolar orqali taqdim etdik. Tinglaganlar o`z baholarini berishmoqda...

-Biroq klip yo`q-ku?! Klip baribir qo`shiqni xit bo`lishi uchun asosiy me`zonlardan biri axir...

- Rosti shunga qo`l tegmayapti. Klip olishimiz kerak. Ammo,  rejadagi ishlardan ortib bo`lmayapti. Nasib qilsa muxlislarga albatta klip ham taqdim etamiz...

Yodgorbek YuKSAL

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!