Xonanda Gulsanam Mamazoitova Navoiy ko`chasidagi svetoforlardan birini to`sib qo`ydi

13:59, 13 fevral 2016

Facebook ijtimoiy tarmog`idagi “Voditeli Tashkenta” guruhi a`zolaridan biri Toshkent shahridagi ko`chalardan biridagi xonanda Gulsanam Mamazoitova konserti banneri noto`g`ri joyga ilinganidan shikoyat qildi.

U guruhga joylashtirilgan rasmda konsert banneri svetofor ustiga osib qo`yilganini ko`rish mumkin. Foydalanuvchining aytishicha, Navoiy ko`chasiga ilingan ushbu banner sabab, qo`shimcha svetoforni ko`rish qiyinlashgan.

 

“To`xtash chizig`iga yaqinlashib, to`xtaysan, svetoforga qaraysan, uning qaysi chirog`i yongani esa ko`rinmaydi. Qayrilishda esa YPX xodimi turibdi. Bannerni kim bu erga osib qo`ygan?”,-deydi internet foydalanuvchisi.

Izohlarda mazkur holat bo`yicha kimdir Toshkent shahar hokimiyatiga murojaat qilish kerakligini aytsa, yana kimdir bu ishda Gulsanam Mamazoitovani ayblagan.

 

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!