Lola yangi kelin paytida qo`llagan hiylalarini esladi

14:55, 13 fevral 2016

Xonanda Lola «Sug`diyona» gazetasiga bergan intervyusida, turmushga chiqqanidan keyingi dastlabki davrda singlisi va yaqin dugonasi unga qanday yordam ko`rsatgani haqida so`zlab berdi.

«Katta hovliga kelin bo`lganman. Supur-sidir, uy ishlari — hammasiga ulgurishim qiyin edi. Uydagilar ketishgach, dugonam Nargiza bilan singlim Anora yordamga kelardi», — dedi xonanda.

«Kechgacha ko`cha, hovlini supurardik, kir yuvardik, oyna artardik, ovqat pishirardik. Keyin hech kim kelmasidan ular ortga qaytishardi. Hozir kulib eslayapmizu, lekin dugonam va singlim bo`lmaganida, bilmadim, nima qilardim», — dedi Lola.

«Sug`diyona» muxbirining: «Uddaburon kelin bo`lgan ekansiz-da. Bu hiylangizni hech kim sezmaganmi?», — degan savoliga, Lola kulib shunday javob berdi: «Birinchi marta sizga aytyapman».

Ma`lumot uchun, Lola 2005 yili turmushga chiqqan, 2011 yilda ajrashgan. Uning sobiq turmush o`rtog`i Shohrux shu yilning 16 yanvar kuni uylangan edi.

 Xonanda so`nggi intervyularidan birida: «O`z qalbim sohibi bilan oila qurganimda, bundan sobiq erim ham mamnun bo`ladi, degan fikrdaman», —degandi.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!



Гость 20:18, 14 fevral 2016
Lolaga baxt tilayman !