Istanbul shahri markazida 5 qavatli bino ag`darilib ketdi

17:05, 14 fevral 2016

Turkiyaning Istanbul shahri markazida besh qavatli bino ag`darilib ketdi, deb xabar beradi “Vesti.ru”.

Bino shaharning asosiy ko`chalaridan biri Istiqlol yaqinidagi odam gavjum ko`chaga qulagan. Baxtli tasodif tufayligina bino xarobalari tagida hech kim qolib ketmagan. Bino ichidagilarning hammasi qochib chiqishga ulgurgan.

Mahalliy OAVlarning xabar berishicha, binoning birinchi qavatida kafe joyshlashgan edi. Kafe egasi bino ag`darilayotganini sezgach, kafedagilarni ogohlantirgan va tashqariga qochib chiqqan.

 

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!