AQShning birinchi raqamli oilasi soliq to`lovchilarning pulini havoga sovurmoqda

11:19, 15 fevral 2016

AQShda ham korrupsiya mavjud, deb yozadi “Vesti” nashri. 2010 yilning 4 avgustida AQSh prezidenti Barak Obama 49 yoshga to`ldi. Xuddi shu kuni uning rafiqasi Mishel Obama dam olish uchun Ispaniyaga jo`nab ketdi.

Uning mehmonxonadagi nomeri ipak choyshablari-u, boshqa qimmatbaho buyumlar bilan bezatildi. Aynan 4 avgustdan boshlab, 131 ming amerikalik ishdan bo`shatilib, pulsiz qoldi. Mishel Obamaning ko`ngilli hordiq chiqarishi uchun esa soliq to`lovchilarning kuniga 6000 dollardan to`lashiga to`g`ri keldi. Mishel Obama va to`qqiz yoshli qizi Sashani bir talay maxfiy agentlar, xizmatchilar – 250 ta maxsus yollangan ispan tan soqchilari va AQShdan kelgan 68 ta qo`riqchilar qo`riqlagan. 

Amerikaning birinchi xonimi muzqaymoq eyishni istab qolsa, Grenada ko`chasida qatnov to`xtatilib, yo`llar yopildi. Mishel xonim Ispaniyaga soatiga 11 ming dollar sarflanadigan erining samolyotida uchib keldi. Bu parvozning umumiy qiymati 150 ming AQSh dollarini tashkil etdi. AQShning 44-prezidenti yiliga ikki marta – yozda va rojdestvo bayramida dam oladi. Uning prezidentlik davri davomida ko`ngilli dam olishi uchun soliq to`lovchilar 74 million AQSh dollari sarflashlariga to`g`ri keldi. 2014 yilda Obama oilasi bilan Gavayi orollariga dam olishga borganda faqatgina samolyot va qo`riqchilarning o`ziga 5 million 316 ming AQSh dollari sarflagan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!