Qalbaki chiptadan ogoh bo`ling!

14:34, 15 fevral 2016

“Mo``jiza media” kompaniyasi tomonidan 19-21 fevral kunlari “Istiqlol” san`at saroyida o`tkazilayotgan Mavluda va Guli Asalho`jaevalarning konsert dasturi taklifnomalarining qalbaki nusxalari ko`payganli bois, kompaniya qalbaki chiptalardan ogoh bo`lishni so`rayapti.

Ma`muriyat haqqoniy taklifnoma nusxalarining belgilarini sanab o`tdi. 

Diqqat qiling va ogoh bo`ling! Taklifnomada quyidagi 3 element borligiga amin bo`lgach xarid qiling: 

1-Kompaniyaning ko`k rangli doira shaklidagi muhri (pechat).
2-Kompaniyaning qizil rangli to`rtburchak nazorat tamg`asi.
3-Kompaniya boshlig`ining qora siyohda qo`yilgan imzosi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!