Shahzoda Muhammedovaga hamkasbi uzuk sovg`a qildi (FOTO)

20:54, 15 fevral 2016

Aktrisa, dizayner va boshlovchi Shahzoda Muhammedova o`zining Instagramdagi sahifasiga yurakcha idishidagi uzuk suratini joyladi.

Surat ostiga esa ushbu sovg`a uning hamkasbidan ekanligini yozib qoldirdi.

shaxzoda__muxammedova "Bu film emas, ertak ham emas... aktyor do`stimdan... kutilmagan syurpriz... juda ham yoqimli rahmat".

Ushbu suratga hamma turlicha izoh qoldirgan, kimdir buni sevgi izhori desa, yana kimdir bu turmush qurish taklifi ekanligini aytgan. Ayrimlar esa bu uzukni qabul qilsa, bu rozilik alomati bildirilganligidan dalolatligini aytgan.

Darvoqe, muxlislardan biri bu sovg`a aktyor Azamat Ahrorovdan ekanligini ham tahmin qilib ko`rgan. Yana bir izohlovchilardan biri, sovg`adan narxni olib tashlash kerakligini ham aytib o`tgan.

Shahzoda bilan bog`lanishga urunib ko`rdik, hozircha aktrisa go`shakni ko`tarmayapti, muxlislaring izohlariga ham javob qoldirmadi. Uzuk kimdan ekanligini aniqlashtirib, xabar beramiz. Bizni kuzatishda davom eting!

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!



Гость 17:17, 18 fevral 2016
iwonmiman qani video
Гость 07:53, 17 fevral 2016
Совга нархи ёзилган биркасиз берилади.Бу пиар, Шахзода уз репертуарида! Узук магазинга кайтарилади.
Гость 20:43, 16 fevral 2016
Нега доим кари кизлар тугрисида ёзасизлар?