Suriya chegarasidagi turk askarlari o`qqa tutildi

06:32, 16 fevral 2016

15 fevral kuni Suriya chegarasidagi turk askarlari o`qqa tutildi, deya xabar berdi “lenta.ru” nashri.

“Bugun Xatay viloyatidagi Suriya bilan chegaradosh hududda joylashgan chegara punktidagi turk askarlari o`qqa tutildi. Otishma vaqtida suriyalik kurdlardan tashkil topgan “Demokratik ittifoq” partiyasining a`zolari ham talafot ko`rdi”, deb ma`lumot berdi Turkiyaning tashqi-siyosiy ishlar boshqarmasi matbuot kotibi Tanju Bilgich.

Turkiya Kurdistonning ishchilar partiyasini terrorchilik tashkilotlari safiga qo`shib, uni Moskva va Suriya prezidenti Bashar Asad bilan hamkorlikda ayblamoqda.

14 fevral kuni AQSh Anqaradan Suriya hududidagi kurdlarni o`qqa tutishni bas qilishni talab qildi. Vashington “Islom Davlati” terrorchilik guruhi bilan bo`lgan jangda kurdlarning kuchiga suyanayotganligini, ular terrorchilar guruhiga kirmasligini ta`kidladi. Turkiya prezidenti Rajap Tayip Erdogan AQShdan yo Anqarani yo Kurdlarni tanlashni talab qildi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!