OAV: Germaniya yil oxirigacha yana yarim million qochoqni kutmoqda

07:08, 16 fevral 2016

Germaniya hukumati 2016 yilda mamlakatga yana 500 ming nafar qochoq kelishini taxmin qilmoqda, bu haqda gazeta Rheinische Post nemis gazetasi Mehnat Federal vazirligiga asoslangan holda xabar beradi.

Reyter agentligi xabariga ko`ra, Germaniya IIV vaziri Tomas de Mezer qochoqlar va migrasiya ishlari bo`yicha Federal boshqarma rahbari Frank-Yurgen Vayzega 500 ming nafar qochoqni kutib olishga tayyor turishni ma`lum qilgan.

2015 yilda Germaniyaga 1,1 million qochoq kirgan. ES Frontex agentligi ma`lumotlariga ko`ra, 2015 yilda Evroittifoqqa 1,8 million muhojir tashrif buyurgan. Evroittifoqning ma`lumotlariga ko`ra, hozirgi dunyodagi muhojirlar inqirozi — Ikkinchi jahon urushi yillaridan beri eng yirigi sanaladi.

 

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!