Shohruh Xonning avtomobiliga hujum uyushtirildi

10:38, 16 fevral 2016

Shohruh Xon Hindiston bosh vaziri N. Modinning ona Vatani bo`lmish Ahmadobodga “Raees” filmining s`yomkasiga kelganda, olomon uning avtomobilini toshbo`ron qildi. Hujumchilar aktyorga qarata,  “Shohruh Xon, bu erdan yo`qol!” deb xayqirdi.

Janjaldan hech kim talafot ko`rmadi. Bu suratga olish guruhining o`ng sektor a`zolari bilan ikkinchi to`qnashuvidir, deya xabar berdi “zee-tv.ru” nashri.

“Jaholat jazoga loyiq, yana unga Yaratganning nomini qo`shish vijdonsizlikdan boshqa narsa emas”, - deb fikr bildirdi g`azablangan aktyor. 

Shohruh Xon Hindistonda avj olib borayotgan diniy murosasizlikdan norozi bo`ldi. Uning fikri esa mahalliy aholi va hukumatga yoqmadi va unga nisbatan tanqid toshlari ham yog`di.

“Raees” filmi 2016 yilning avgust oyida ekranga chiqishi rejalashtirilgan. Agar ahvol shu tarzda davom etadigan bo`lsa, film s`yomkasi boshqa joyga ko`chirilishi mumkin.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!