O`zbekistonda 17 yilda 4,8 milliondan ziyod chaqaloq neonatal skrining tekshiruvidan o`tkazildi

15:36, 16 fevral 2016

Bugungi kunda skrining tizimi 12 hududiy va Toshkent shahridagi Respublika skrining markazidan iborat bo`lib, ular homilador ayollar va chaqaloqlarni skrining tekshiruvlaridan o`tkazmoqda.

O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligining bosh genetigi, Respublika “Ona va bola skrining” markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori Madina Sharipovaning ta`kidlashicha, ushbu markazlar  homilador ayollarda homila rivojlanishining tug`ma nuqsonlarini aniqlash uchun prenatal (tug`ruq oldi), tug`ma gipotireoz va fenilketonuriyani aniqlash uchun ommaviy neonatal (chaqaloqlar) skriningini o`tkazmoqda, oilalarida tug`ma hamda irsiy patologiyalar bo`lgan bemorlarga tibbiy-genetik maslahatlar bermoqda. 

Masalan, 1998-2015 yillarda 2,1 milliondan ortiq homilador ayol tug`ruq oldi ultratovushli tekshiruvi, 4,8 milliondan ziyod chaqaloq neonatal skrining tekshiruvidan o`tkazildi. 

Buning samarasida mamlakatimizda tug`ma nuqsoni bor bolalar dunyoga kelishi 2000 yilga qaraganda 1,8 barobar kamaygani kuzatilmoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!