“Gremmi” taqdirlash marosimiga kelgan Jonni Deppning tashqi ko`rinishi tanqidlarga sabab bo`ldi

21:51, 16 fevral 2016

"Gremmi" mukofoti taqdirlash marosimiga tashrif buyurgan Gollivud aktyori Jonni Deppning tashqi ko`rinishi aksariyat jurnalistlar tanqidiga uchradi. Bu haqda “Vesti” nashri xabar bermoqda.

Jurnalistlarning fikriga ko`ra, “Karib dengizi qaroqchilari” filmi yulduzi taqdirlash marosimiga “keksaygan”, “semiz” va horg`in ko`rinishda kelgan.

52 yoshli aktyor qizil yo`lakchada o`zining keksa do`stlari Aerosmith musiqachisi 65 yoshli Jo Perri va 68 yoshli Elis Kuper hamrohligida paydo bo`lgan.

Ko`pchilik jurnalistlar Jonnining keksa do`stlaridan 15 yosh kichik bo`lishiga qaramay, xuddi ulardek qariganini payqagan.

Shuningdek, Depp kiygan shim ancha uzun, uning egnidagi nimcha esa u ozg`inroq paytda sotib olingani ko`rinib turardi.

 

 

 

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!