Aktrisa Muqaddas Sa`dullaeva oilaviy hayotiga putur etishiga nima sabab bo`lganini aytdi

23:12, 17 fevral 2016

Aktrisa Shahzoda Muhamedova Instagram’dagi @mashhur_yulduzlar_oilasi sahifasi faoliyatidan arz qildi, aktrisa Muqaddas Sa`dullaeva esa bu Instagram-akkauntni sudga bermoqchi. Bu haqda “Daryo” nashri xabar bermoqda.

«Instagram’dagi @mashhur_yulduzlar_oilasi sahifasi mening xunuk tushib qolgan eski suratlarimni qo`yib, g`iybatga zamin yaratdi. Yaqin dugonam, aktrisa Muqaddas Sa`dullaevani g`iybat qilaverganidan, uning oilasi buzilib ketishiga bir bahya qoldi. Shu akkauntni yo`qotib tashlash kerak», — dedi Shahzoda Muhamedova.

Aktrisa Muqaddas Sa`dullaevaning ta`kidlashicha, @mashhur_yulduzlar_oilasi sahifasi Muqaddasning «turmushga chiqqanidan toki bugungi kungacha bo`lgan hayoti haqida muxlislarga g`iybat tarqatadi».

«Ajrashganim yo`q, ammo Instagram’dagi shu sahifa tufayli oilamizda ancha-muncha gap chiqdi. Homiladorlik vaqtimda bir necha bor ulardan birovning hayotiga aralashmaslikni, tinchini buzmaslikni so`radim, biroq murojaatlarim besamar ketdi. Bu sahifani o`chirtirib tashlash uchun sudga arz qilmoqchiman», — dedi aktrisa.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!



Гость 11:23, 18 fevral 2016
Попкорн.уз ва шов-шув уз.никарасангиз биласиз уша "машхур, бетакрор ва бекиёс юлдузлар"ни...