Butunjahon sog`liqni saqlash tashkiloti: Zika virusiga qarshi kurashish uchun 56 million dollar mablag` zarur

10:28, 18 fevral 2016

Butunjahon sog`liqni saqlash tashkiloti Zika virusiga qarshi kurashish bo`yicha javob harakatlari rejasini belgiladi, deya xabar berdi “Gazeta.ru” nashri. 

Zika virusiga qarshi kurashish uchun 56 million dollar mablag` zarur. Epidemiologik nazoratni kuchaytirish, chivinlarga qarshi kurashish, vaksinalar tadqiqotini jadallashtirish rejaga kiritilgan. Tadqiqotlar Zika virusining inson organizmida qancha vaqt davomida faol bo`lishini aniqlab berishi lozim. Fevral oyidan boshlab Butunjahon sog`liqni saqlash tashkiloti Zika virusi tufayli xalqaro favqulodda vaziyatni e`lon qildi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!