Stokgolmdagi turk madaniyat markazida portlash ro`y berdi

16:35, 18 fevral 2016

Shvesiya poytaxti Stokgolm shahridagi turk madaniyat markazi binosida portlash ro`y berdi, oqibatda markaz binosi vayron bo`ldi deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

Portlash vaqtida bino ichkarisida hech kim bo`lmagan. Polisiya gumondorlarni, portlash sabablarini aniqlashga kirishdi. Voqea joyida hodisa tafsilotlariga oydinlik kiritish maqsadida mutaxassislar ishlamoqda. Bu Stokgolmda so`nggi oylarda ro`y bergan ilk voqea emas. 26 yanvar kuni Shvesiya poytaxtining savdo majmualaridan biri portlatilgan edi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!