O`zbekiston rahbari Turkiya Prezidentiga ta`ziya bildirdi

15:09, 19 fevral 2016

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog`anga 2016-yil 17-fevral kuni Anqara shahrida ko`plab insonlarning halok bo`lishiga olib kelgan terrorchilik harakati munosabati bilan maktub yo`lladi.

Maktubda davlatimiz Rahbari Turkiya Prezidentiga va turk xalqiga chuqur ta`ziya izhor etib, qurbon bo`lganlarning oila a`zolariga hamda yaqinlariga samimiy hamdardlik bildirdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!