Hindistonda qizlarga uyali telefondan foydalanish taqiqlandi

11:33, 21 fevral 2016

Hindistonning shimolida joylashgan Uttar-pradesh shtatidagi qishloqlardan birida 18 yoshga to`lmagan qizlarga uyali telefonlardan foydalanish taqiqlandi, deb yozadi “Lenta.ru”.

 Mahalliy hukumat vakillarining so`zlariga ko`ra,uyali telefonlar  qizlarni “ahloqsizlikka o`rgatadi”. Taqiq buzilgan taqdirda qizlar oila a`zolari bilan birgalikda sakkiz kun mobaynida qishloq ko`chalarini supurishga majbur qilinadi.

Bundan tashqari, mahalliy kengash alkogol ichimliklarini sotish va iste`mol qilishni ham taqiqlagan.

 

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!