Mavluda Asalxo`jaevaning konsertida barcha Manzurani qutladi (Video)

23:57, 21 fevral 2016

Bugun Instagramning barcha a`zolari og`zida bir mavzu "duv-duv" gap bo`ldi.

Hammaning sahifasida bir gap: “Manzura tavallud ayyom bilan!”

Biroq “Istiqlol” san`at saroyida 21 fevral kuni bo`lib o`tgan hodisa Manzuraning hayotida unutilmas onlardan biri bo`lib qolishi aniq. Sababi uni “qaynon va ovsinlari” bilan birgalikda tashrif buyurgan qariyb to`rt ming tomoshabin baralla ovozda qutlashdi.

19-21 ferval kunlari Saroyda Mavluda va Guli Asalxo`jaevalarning konsert dasturi taqdim etilayotgani haqida avval xabar bergandik. Ana shu konsert dasturi doirasida Mavluda Asalxo`jaeva hamda Manzura ijrosida duet tarona kuylandi hamda My5 telekanali orqali namoyish etilayotgan “Qaynona va kelin” teleseriali qahramonlari ijrosida sahna ko`rinishi namoyish etildi.

Ushbu sahna ko`rinishi nihoyasiga etgach esa sahnaga mazkur serial loyihasi prodyusseri Ravshan Hakimov chiqib, bugun Manzuraning tavallud kuni ekanligini e`lon qildi.

Xullas “Yuz marta gapirgandan bir bora ko`rgan afzal” degan naqlga amal qilgan holda mazkur hodisani hukmingizga havola etishga qaror qildik. Video Darakchi.uz mobil muxbiri Erkin Gaipov tomonidan suratga olingan.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!