Samsung yangi Galaxy S7 va Galaxy S7 Edge smartfonlarini taqdim etdi

09:26, 22 fevral 2016

Barselonada o`tayotgan Butunjahon mobil kongressida Samsung kompaniyasi yangi flagman smartfonlari Galaxy S7 va Galaxy S7 Edge’ni taqdim etdi, deya xabar beradi "Vesti".

Yangi modellar avvalgi S6 va S6 Edge modifikasiyasining yangilangan varianti bo`ldi. S7 smartfoni 5,1 dyuymga, S7 Edge esa 5,5 dyuymga ega bo`ladi. Ikkinchisi ikki chetidan bukiladi.

Yangi uskunalarning prosessori avvalgilaridan uch baravar yuqori. Shuningdek ishlab chiqaruvchilar kameraning yaxshilangan 16 megapikselli xususiyatlari haqida ma`lum qilishmoqda, batareyalar 3000 dan 3600 mA*ch o`zgargan, suvdan himoya paydo bo`lgan, shuningdek microSD-kartalar uchun sig`im ham qaytgan.

Ikki smartfon ham Android 6.0 tizimida ishlaydi va 4-yadroga bo`ladi.

Uskunaning operativ 4 GB, shuningdek ichki 32 GB xotirasi mavjud.

Yangi modellarga buyurtmalar 22 fevraldan e`tiboran qabul qilinadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!



Гость 05:22, 03 mart 2016
BAribir iPhone ga yetolmidi