O`zbekiston futzal termasi Osiyo chempionatida kumush medal sohibi bo`ldi

09:49, 22 fevral 2016

Futzal bo`yicha Toshkentda o`tayotgan Osiyo chempionatining so`nggi - final uchrashuvi ham o`z yakuniga etdi. Unda O`zbekiston ham Eron terma jamoalari o`zaro kurash olib borishdi. 

Qiziqarli kechgan o`yinda 1:2 hisobi qayd etilib, Eron termasining g`alabasi bilan yakunlandi. 

Aslida, dunyo grandlari safida qayd etiluvchi eronliklarga qarshi turib berishning o`zi katta jazorat hisoblanadi. Ammo, bizning futzalchilar nafaqat turib berishdi, balki ajoyib o`yin ko`rsatib, minimal hisobda mag`lubiyatga uchrashdi. Lekin, bu natija biz uchun chempionlik bilan barobardir.

Shu tariqa Toshkent katta futzal musobaqasi bilan xayrlashadi.

Barcha tashkilotchilarga hamda futbol quvonchlarini taqdim etgan terma jamoamiz futbolchilari va murabbiylar shtabiga minnatdorchilik bildiramiz. 

Eni navbat katta futboldagi milliy terma jamoamizga. Umid qilamiz, Samvel Babayan ham shogirdlarini g`alabalar sari boshlaydi. 

Futzal, Osiyo chempionati
FINAL
O`zbekiston - Eron - 1:2
Gollar:
Irsaliev 3 - Ahmadi 8, Keshavarz 14
O`zbekiston: Rustam Umarov, Dilshod Rahmatov, Farhod Abdumavlonov, Artur Yunusov, Konstantin Sviridov
Zaxira: Dilshod Irsaliev, Nodir Eliboev. Feruz Faxriddinov, Davron Choriev, Javlon Anorov, Andrey Shlema, Jamoliddin Sharipov, Akmaljon Xazratqulov, Klim Tyugaev
Eron: Sepexr Muhammadiy, Hamid Ahmadiy, Ashgar Hasanzoda, Rizo Sangsefidiy, Xussayn Toyibiy
Zaxira: Alirizo Samimiy, Javod Isfandiyoriy, Muhammad Keshavarz, Alirizo Vafoiy, Qudrat Bahodiriy, Muhammad Toxiriy, Mehran Alixadr, Farhod Tavakkoli, Maxdi Javid
Manba:uff.uz

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!