“Oziq-ovqat Ekspo-2016” ko`rgazmasida o`zbek vinosi eng yaxshi deb tan olindi

17:32, 22 fevral 2016

Moskvada o`tkazilgan MDH davlatlari va Sharqiy Evropa mahsulotlarining “Oziq-ovqat Ekspo-2016” katta ko`rgazamasida o`zbek spirtli ichimlik mahsulotlari 49 ta medalni qo`lga kiritdi, deya xabar berdi UT nashri. 

Milliy uslubdagi bezatilgan stendlarga xolding kompaniya korxonalarining 100 dan ortiq mahsulotlari ko`rgazma uchun qo`yildi. Ko`rgazma jarayonida bir qancha foydali bitimlar imzolanib, eksport uchun 4 million AQSh dollarilik mahsulot ishlab chiqariladigan bo`ldi.

Tanlov natijalariga ko`ra, o`zbek vinosi o`zining sifati bilan ajralib turishi qayd etildi va 23 ta oltin, 20 ta kumush, 6 ta bronza medallarga, bir qator maqtov yorlig`i, diplomlarga ega bo`ldi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!