Raqqosa Shodiyora Omonova turmushga chiqayotganini ma`lum qildi

19:56, 22 fevral 2016

Raqqosa Shodiyora Omonova Instagram’dagi shaxsiy sahifasi orqali turmush chiqayotganini ma`lum qilib, “fotiha to`yi” uchun keltirilgan sovg`a-salomlarning suratini joyladi.

“Qalampir.uz” sayti raqqosa bilan bog`lanib, vaziyatga oydinlik kiritdi.

 “Turmushga chiqayotganim rost. Biroq hali to`y kuni ma`lum emas. Bo`lajak turmush o`rtog`imning oila a`zolari kuz oylarini ma`qul ko`rishyapti”,— dedi Shodiyora Omonova.

Shuningdek, raqqosa bo`lajak turmush o`rtog`ining san`at sohasida faoliyat yuritmasligini ham aytib o`tgan.

Ma`lumot uchun, Shodiyora Omonova “E`tirof-2014” taqdirlash marosimida “Yilning eng yaxshi raqqosasi” nominasiyasi g`olibi bo`lgan. U ayni damda “Tumor” raqs ansamblida faoliyat yuritib kelmoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!



Гость 14:46, 24 fevral 2016
уйинчи ашулачиларниям эркакларимиз хотин килиб олиб кейин бемалол касб и билан шугулланишга куйишяпти хам . койилеее
Гость 07:00, 24 fevral 2016
Накадар гузалсиз, Шодиёра! Бахт сизга ёр булсин!