Ravshan Ermatov Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari bilan ingliz tilida suhbatlashdi

21:22, 22 fevral 2016

Toshkent davlat yuridik universitetida O`zbekiston futbol federasiyasining xalqaro toifadagi hakami, FIFA referisi Ravshan Ermatov bilan “Biz yoshlar sog`lom turmush tarafdorimiz” shiori ostida uchrashuv o`tkazildi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

Unda universitet rektori E.Kanyazov qatnashdi.

Ingliz tilida o`tkazilgan tadbirda Ravshan Ermatov o`zining hakamlik sohasida muvaffaqiyatga erishishi, xalqaro miqyosda faoliyat yuritishida xorijiy tillarni yaxshi bilgani muhim rol o`ynaganini qayd etdi.

Tadbirda futbolni rivojlantirish, mahoratli futbolchilarni tarbiyalash borasida ham fikr almashildi. Yoshlar o`zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!