Gresiyalik terrorchi ayol erini qamoqdan qutqarish maqsadida vertolyotni qo`lga olishga urindi

10:18, 23 fevral 2016

Vertolyotni qo`lga olib, eri Nikos Maziotisni qamoqxonadan olib chiqmoqchi bo`lgan ayol — Panayota Rupani qo`lga olishda tashabbus ko`rsatgan odamga Gresiya hukumati 1 million evro mukofot puli va`da qildi, deya xabar berdi “TASS” nashri. 

Jinoyatchi ayol Peleponess yarim orolidan Kifnos Kiklad oroliga etib borish uchun vertolyot yolladi. Parvoz vaqtida Panayota Rupa uchuvchiga qurol o`qtalib, Afinadagi Koridallos qamoqxonasi tomon uchishga buyruq beradi. 

Uning eri mashhur terrorchi, “Inqilobiy kurash” terrorchilik guruhi a`zosi Nikos Maziotis shu qamoqxonada 50 yillik jazo muddatini o`tayotgan edi. Vertolyot uchuvchisi sobiq polisiyachi bo`lgani sababli o`zini yo`qotib qo`ymadi. 

U ayolni qurolsizlantirishga harakat qildi, biroq ayol unga qarata o`q uzdi. Uchuvchi tan jarohati olmagan, vertolyotni muvaffaqiyatli qo`ndirgan, ammo ayol qochib ketishga muvaffaq bo`lgan.

Ayni damda Panayota Rupaga nisbatan qidiruv e`lon qilingan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!