AQSh Milliy xavfsizlik agentligi Pan Gi Mun, Merkel, Berluskoni va Sarkozini ta`qib ostiga olgan

11:07, 23 fevral 2016

AQSh Milliy xavfsizlik agentligi xalqaro miqyosdagi rahbarlar BMT bosh kotibi Pan Gi Munning, Germaniya kansleri Angela Merkelning, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning suhbatlarini xufyona tingladi, deya xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

Ular Pan Gi Mun va Merkelning uchrashuvda iqlim o`zgarishiga qarshi kurash to`g`risida bo`lgan suhbatini tinglashgan. Shu jumladan, sobiq Italiya bosh vaziri Silvio Berluskoni Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxudan AQSh prezidenti Barak Obama bilan aloqasini mustahkamlashda yordam so`raganligi haqidagi, Fransiya prezidenti Nikolya Sarkozi va Berluskonining Italiya iqtisodi tang ahvolda ekanligi to`g`risidagi suhbatlariga ham quloq tutishgan. Ba`zi bir ma`lumotlar “O`ta maxfiy” xarakterga ega bo`lgan. 

Bu ro`yxatga yana Fransiya prezidenti Fransua Olland, NATO ga a`zo bo`lgan bir necha mamlakat rahbarlari, ittifoqdosh mamlakatlar rahbarlari ham kiritilgan. Ammo Turkiya prezidenti Rajab Toyip Erdo`g`an ushbu ro`yxatga kiritilmagan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!