Ozoda Saidzoda imijini o`zgartirgani sabablarini tushuntirdi

13:41, 23 fevral 2016

Xonanda Ozoda Saidzodaning yangi imiji nafaqat muxlislar, balki shou-biznes vakillari uchun ham kutilmagan yangilik bo`ldi.

Xonandaning yangi ko`rinishi ijtimoiy tarmoqlarda ham keng muhokama qilindi. Xonanda imijining bu darajada o`zgartirilishi sabablariga Daryo.uz nashri oydinlik kiritdi.

— To`g`risini aytadigan bo`lsam, imijimning o`zgarishi sababi salomatligim bilan bog`liq. Bu odamlar aytib yurgan darajada, «Ozoda og`ir kasal ekan», degan mish­-mishlar darajasidagi kasallikdan emas. Jarrohlikdan so`ng soch to`kilish holatlari bo`lib turar ekan. Sochim rangining o`zgarishi aynan imidj uchun qilinmagan. Holatdan kelib chiqib, vaziyatga to`g`ri yondashib shunday imidj o`yladik. Bu odamlarni o`zimga qaratish yoki shunga o`xshash fikrlardan kelib chiqib qilingan ish emas. San`atkor muxlislarning e`tibori markazida yuradi. Shu sababdan, o`ta zamonaviylik ham yoki zamondan orqada qolish ham yarashmaydi. Milliyligimiz, o`zbekchiligimizdan kelib chiqqan holda ish tutish maqsadga muvofiqdir.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!



Гость 23:59, 06 mart 2016
Ko'rinish uncha muhummas) asosiysi talant isdedod yo'qolmasin!
Гость 19:50, 25 fevral 2016
Умрингиз узок булсин, хеч огриманг Озодахон.
Гость 06:56, 24 fevral 2016
Озода кандай кийинмасин ва буянмасин, барибир Озодалигича колади. Озода узбек санътининг тарихида ва узбек халкининг калбида коладиган хонанда.