Oksana Chusovitina Jahon Kubogida birinchilikni qo`lga kiritdi

14:35, 23 fevral 2016

Sportchimiz Oksana Chusovitina Bakuda sport gimnastikasi bo`yicha bo`lib o`tgan Jahon Kubogining final bahslarida birinchilikni qo`lga kiritdi.

Oksana Sloveniyalik Tjasa Kysselef hamda Avstriyalik Lisa Ecker raqiblarini ortda qoldirib, oltin medal sohibasiga aylandi.

Oksana Chusovitina – oltita Olimpiada uyinlarida ishtirok etgan tarixdagi yagona sport gimnastikachisi sanaladi. U uch karra Jahon chempioni.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!