Janluiji Buffon qaysi uchta APL grandi uni sotib olmoqchi bo`lganini aytdi

17:06, 23 fevral 2016

“Yuventus” jamoasi darvozaboni Janluiji Buffon uni sotib olmoqchi bo`lgan uchta APL jamoalari kim ekanini aytib o`tdi.  

“Faoliyatim davomida Angliyaning uchta grand klubi menga qiziqish bildirgan. 20 yoshimda Arsen Venger bilan uchrashganman va u “Arsenal”ga o`tishimni so`ragandi. “Parma”da to`p surganimda “Manchester Yunayted” menga qiziqish bildirgan. Eng jiddiy qiziqish esa “Manchester Siti” tomonidan bo`lgan”, - deydi italiyalik tajribali posbon.

Ma`lumot o`rnida, 38 yoshli Buffon 2001 yildan buyon turinliklar sharafini himoya qilib kelmoqda. 

Manba: Uff.uz

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!